Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 22 yanvar kuni Parijda “katta yettilik” (G7) mamlakatlari uçraşuvini Daniya va Rossiya iştirokida ötkazişni taklif qilgan, ammo bu taşabbus qöllab-quvvatlanmadi. Jurnalistning Yevropaga rejalaştirilgan safari doirasida Parijga boriş-bormasligi haqidagi savoliga AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba, 20 yanvar kuni rad javobini berdi. Bundan oldin AQŞ ma’muriyati vakili dpa agentligiga Oq uy rahbari hozirça bunday safarni rejalaştirmayotganini ma’lum qilgan.
Dpa agentligining Germaniya hukumat manbalaridan olgan ma’lumotiga köra, Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Makron taklif etgan kuni Fransiya poytaxtiga borişni rejalaştirmayapti. U Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi çiqişidan söng töğridan töğri Bryusseldagi YeI sammitiga uçib ketadi.
Şu kuni avvalroq Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Makrondan kelgan, deb da’vo qilingan xabarlar skrinşotlarini e’lon qildi. U yerda Parijda uçraşiş taklifi bor. “Fransiya prezidenti Makrondan prezident Trampga. Döstim, biz Suriya masalasida bir xil pozitsiyadamiz. Eron böyiça katta işlar qilişimiz mumkin. Men Grenlandiya masalasida nima qilayotganingni tuşunmayman, — deyiladi ingliz tilida yozilgan xabarda. — Kel, katta işlar qilişga urinaylik: 1) men Davosdan keyin payşanba kuni (22 yanvar — tahr.) Parijda G7 uçraşuvini taşkil qila olaman. Men ukrainlar, daniyaliklar, suriyaliklar va rossiyaliklarni taklif qila olaman. 2) Parijda payşanba kuni, AQŞga qaytişingdan oldin, birga keçki ovqat taşkil qilaylik”. Bu xabar oxirida Emmanuel (Emmanuel) deb imzolangan.
Reuters va AFP agentliklariga Fransiya prezidenti atrofidagi manbalar Tramp keltirgan Makron xabari haqiqiy ekanini tasdiqlagan.
Tramp çorşanba, 21 yanvar kuni Şveytsariyaning Davos şahrida bölib ötayotgan Jahon iqtisodiy forumida nutq sözlaydi. Tadbir doirasida u davlat va hukumat rahbarlari, şuningdek, biznes vakillari bilan uçraşiş niyatida.
Mers ham AQŞ prezidenti bilan suhbatda bölişdan umidvor, ammo bu böladimi-yöqmi — hozirça noma’lum. Bryusselda 22 yanvar keçqurunga belgilangan YeIning favqulodda sammitida asosiy e’tibor Grenlandiya atrofidagi nizoga qaratiladi. Tramp AQŞ tomonidan Grenlandiyani xarid qiliş niyatini, hatto zarur bölsa kuç işlatişini ham qat’iy ravişda ta’kidlab kelmoqda.








