Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlanadi
Mirmuhammad Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.
Mirmuhammad Mirhamidov 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi — huquqshunos. U O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi.
M.Mirhamidov 2006 yildan buyon prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.
2023 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
21:16 / 28.06.2026