Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
Qonun sun’iy intellekt bilan bog‘liq jarayonlarni jiddiy nazoratga oladi va tartibga soladi.
Foto: Nikkei Asia
22 yanvar kuni Janubiy Koreyada sun’iy intellektni (SI) tartibga solish bo‘yicha asosiy qonun - AI Basic Act kuchga kirdi. Bu dunyodagi to‘liq amalga kiritilgan birinchi shunday qonun hisoblanadi.
Hujjat rasman Sun’iy intellektni rivojlantirish va ishonch bazasini yaratish to‘g‘risidagi asosiy qonun (AI Basic Act) deb nomlandi.
Qonunda bir nechta asosiy qoidalar mavjud:
- Muhim sohalarda (masalan, tibbiyot, yadro xavfsizligi, suv ta’minoti va boshqalar) «yuqori samarali» sun’iy intellekt tizimlari ustidan majburiy inson nazorati.
- Shaffoflik - kompaniyalar mahsulot yoki xizmat sun’iy intellektdan foydalanayotgani haqida odamlarni oldindan ogohlantirishi kerak.
- SI kontentga maxsus belgi qo‘ylishi kerak, ayniqsa, generativ model natijalarini haqiqiy natijalardan ajratish qiyin bo‘lganda (masalan, dipfeyklar).
Qonunda taxminan bir yillik o‘tish davri ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davrda talablarga rioya etilishi nazorat qilinadi, ammo qat’iy sanksiyalar qo‘llanilmaydi.
Moslashgandan so‘ng, qoidabuzarliklar uchun jarimalar solinishi mumkin (masalan, ~30 million vongacha, taxminan 250 mln so‘mgacha).
Yevropa Ittifoqi ilgari «dunyodagi birinchi sun’iy intellekt qoidalari»ni (ya’ni EU AI Act) qabul qilgan bo‘lsa-da, ular 2027 yilgacha bosqichma-bosqich kuchga kiradi. Bundan farqli o‘laroq, Janubiy Koreya qonuni hozirning o‘zidayoq to‘liq amal qilmoqda, bu esa uni dunyodagi birinchi shunday qonun hujjatiga aylantiradi.
Mavzuga oid
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
14:16 / 03.02.2026