“Risk yöq, 100 foizlik kafolat”, “uyda ötirib oson pul işlaş”, “çet el sayohatiga bepul yöllanma”. Bu kabi jimjimador tuşunçalar moliyaviy savodxonligi yetarli bölmagan odamlarni öziga jalb qilmay qöymaydi. Ayni şu kabi şiorlar bilan qöştirnoq içidagi “investitsion” taşkilotlar millionlab insonlarni çuv tuşirgan.

Iqtisodiyotda bir-biriga öxşaş ikki tuşunça borki, uni köpçilik adaştirib yuboradi. Ammo biri qonuniy faoliyat sifatida ruxsat etilgan, ikkinçisi Jinoyat kodeksida noqonuniy deb belgilangan. Bular “Tarmoqli marketing” va “Moliyaviy piramida”. Uşbu maqolada şu tuşunçalar haqida fikr yuritamiz.

Foto: Pixabay 

TARMOQLI MARKeTING HAQIDA QISQAÇA

Tarmoqli marketing (yoki köp poğonali marketing, inglizça multilevel marketing, MLM) – tovar va xizmatlarni mustaqil distribyutorlar (sotuvçi agentlar) orqali sotiş yöli. Bunda har bir mustaqil agent özi boşqa agentni taklif qiliş huquqiga ega, u taklif etgan barça agentlarning röyxatdan ötişidan va agentlar tomonidan sotiladigan har bir mahsulot tuşumidan foiz yoki bonus körinişida daromad oladi. 

Tarmoqli marketing yollanma işçilar (agentlar) uçun rağbatlantiriş usuli bölib, faollikka yaraşa daromad ham proporsional belgilansa, savdo biznesi uçun foydali böladi. Uning moliyaviy piramidadan asosiy farqi – maqsadida: mahsulot yoki xizmatni sotiş. Ikkinçisi esa yangi iştirokçilarni jalb qiliş bilan şuğullanadi.

Foto: Shutterstock 

MOLIYaVIY PIRAMIDANI ANIQLAŞ YÖLLARI

Barça savdo jarayonlarida daromad mahsulot (xizmat)dan kelsa, piramidada aniq mahsulot yöq, bor bölsa ham u ikkinçi darajali rol öynaydi.