“Biznes trener”dan t(q)armoqli marketing: atir illyuziyasi va “pufak” biznes
|23:54 / 27.03.202618 77715 min
150 dollarga sotib olmoqçi bölgan atiringiz aslida Dubaydan 15 dollarga keltirilganini bilsangiz xaridni amalga oşirgan bölarmidingiz? Maqolada “uyning podşohi kimligi” hamda “bir dollar tikmasdan biznes yuritiş” haqidagi gaplari bilan tanilgan Ikromjon Tojiddinovning Premium Pro kompaniyasi misolida tarmoqli marketingga “içkaridan” nazar taşlaymiz.
Oxirgi vaqtlarda Kun.uz’ga Özbekistonda tarmoqli marketing orqali mahsulot ötkazayotgan firmalar faoliyati bilan boğliq murojaatlar köpaydi. Murojaatlarda nomi keltirilgan firmalardan birini tanlab olib, uning faoliyatini örgandik. Bu “Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati. Firma Özbekistonda “Premium Pro” nomli atir mahsulotlarini tarmoqli marketing usulida sotib keladi.
Tarmoqli marketing nima?
Tarmoqli marketing biror mahsulot yoki xizmatni oddiy dökon va an’anaviy bozorda emas, mustaqil sotuv agentlar tarmoği orqali sotiş tizimi. Bunda har bir sotuv agenti özi sotgan yoki u taklif qilgan boşqa sotuv agenti ötkazgan mahsulot summasidan bonus körinişida daromad oladi.
Oddiy aytganda, tarmoqli marketing “sot, sottir va daromad ol” formulasiga asoslanadi. Masalan, kompaniya mahsulot işlab çiqaradi → biz şartli ravişda Vali deb atagan şaxs unga mustaqil distribyutor böladi → u mahsulot sotadi va foiz oladi → Vali boşqa mustaqil distribyutorni jalb qiladi hamda ularning sotuvidan ham foiz oladi.
Premium Pro – “bir dollarsiz” boşlangan biznes
“Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati 2022 yil 5 sentabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Uning yagona ta’sisçisi va rahbari Şoxrux Ubaydullayev. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida qayd etilişiça, kompaniya asosçisi “uyning podşohi kimligi” hamda “bir dollar tikmasdan biznes yuritiş” haqidagi gaplari bilan tanilgan Ikromjon Tojiddinov hisoblanadi.
Ikromjon Tojiddinovning ta’kidlaşiça, u uşbu biznesni özi aytgani kabi “bir dollarsiz” boşlagan. Ya’ni uşbu atir biznesi uçun investitsiyani boşqa odam kiritgan.
Qanday işlaydi?
Mavzuga oid
Premium Pro atirlari tarmoqli marketing usulida ötkaziladi. Mahsulotni asosan mustaqil distribyutor sotadi. Köp mahsulot sotganlarni esa turli körinişda rağbatlantiriş va’da qilingan.
“Birinçi işimizni 2021 yilda, Özbekistonda boşlaganmiz. Asosiy yönalişimiz parfyumeriya sotiş bölgan. 2022 yildan boşlab Dubaydan keltirib sotişni yölga qöyganmiz. Sotişda tarmoqli marketing usulidan foydalanganmiz. Bozorda ikkita yönaliş – an’anaviy biznes va tarmoqli marketing bor.
Tarmoqli marketingda mijoz mijozni jalb qiladi. Ya’ni, mijoz mijozga aytsa, bonus oladi. Bizning asosiy iş faoliyatimiz mohiyati şu. Mijozlarni qiziqtiriş maqsadida sayohatlar qöyganmiz, qöşimça atir naborlari, kattaroq «oborot» sotsa, avtobonuslar beramiz. Qança komandasi bilan köp sotsa yoki şartni bajarsa, biz bonus taqdim etamiz”, deydi kompaniya asosçisi Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Ikromjon Tojiddinov 2023 yil avgust oyida 10 viloyatda kompaniyaning ofisi hamda 14 mingdan ortiq hamkori borligini ma’lum qilgan. Bu 14 ming kişi uşbu brend atirini sotiş orqali daromad körişga qiziqiş bildirgan, degani.
Premium Pro kompaniyasi 4 ta darajada hamkorlik bonuslarini taklif etgan: referal bonus, binar bonus, lyuks bonus hamda master bonus.
Referal bonus sotilgan mahsulot summasining 10 foiz qismini taşkil etadi. Masalan, mustaqil distribyutor 100 dollarga atir sotsa, şundan 10 dollari unga foiz sifatida beriladi. Röyxatdan ötiş uçun esa 10 dollar tölov mavjud.
Binar bonus esa kam tarmoqli tovar aylanmasi summasidan 10 foizni taşkil qiladi.
Öz navbatida lyuks bonusdan sayohatlar, avtobonus, 5 foiz aksionerlik örin olgan bölsa, master bonusda sayohatlar, avtobonus va pul mukofotlari bor. Master bonus “Master leader”, “Master gold” va “Master team” darajalariga bölingan. “Master leader”da çet elga sayohatlar, “Master gold”da avtobonuslar hamda “Master team”da 50 ming dollar pul mukofoti va’da qilingan.
45 kun kutiladigan buyurtma
Premium Pro saytida atirlar 3 xil narxda sotuvga qöyilgan: bittaligi 1 562 500 söm, ikkitaligi 3 mln 125 ming söm, uçtaligi 4 mln 687 500 söm.
Biroq kompaniya saytida aksariyat atirlar mavjud emasligi yozib qöyilgan. Mahsulot puli tölanib, buyurtma berilgaç 45 kunda yetkazib beriladi. Ammo buyurtma puli tölanganidanoq atirni sizga taklif qilgan odam xaridingizdan bonus oladi. Tahririyatga kelgan murojaatlarda ham Premium Pro atiri buyurtma bergan mijozga 3-4 oylab yetkazib berilmagani holati yuzasidan e’tirozlar mavjud.
“Bizda bor mahsulot bölsa, 3 kunda yetkazib beramiz. Agar yöq tovar bölsa va şu atir kerak deb buyurtma bersa, 45 kun deymiz. Mijoz tanlaydi: 45 kun kutaman, desa, buyurtma berişi mumkin, yöq, men kutmayman, borini beringlar desa, u tanlov ham özida”, deydi Ikromjon Tojiddinov.
Işlab çiqaruvçi emas
Kun.uz Premium Proatirlariborasida kiçik izlaniş olib bordi. Ma’lum bölişiça, “Premium Pro world” MÇJ işlab çiqaruvçi emas, import qiluvçi kompaniya. Premium Pro brendidagi atirlar BAAda joylaşgan Euroline korxonasida işlab çiqarilgan.
Uşbu korxona atir mahsulotlarini idişlarga quyib, qadoqlab, brend nomini tuşirgan holda eksportga tayyorlab beriş faoliyati bilan şuğullanadi. U istalgan nom ostida atir tayyorlab berişi mumkin.
Ikromjon Tojiddinov bu haqda şunday deydi:
“Dubayda bitta zavod. Unga bitta «partnyorimiz» yoğ, ikkinçi kompaniya idişlar, uçinçisi esa qutilar jönatadi. Törtinçi kompaniya idişlarga quyadi va qadoqlaydi, eksportga tayyorlab beradi. Pul öşa firmaga ketadi. Çunki, u sotib oladi-da. U bizga sotadi”.
Demak, Premium Proatirlari Euroline korxonasi tomonidan işlab çiqariladi. “Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati esa uşbu atirlarni Özbekistonga import qiladi.
Xalqaro darajada eksport va import ma’lumotlarini taqdim etuvçi Volza saytida keltirilgan ayrim ma’lumotlar bilan tanişdik. Unda “Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati BAAdagi Euroline korxonasidan Özbekistonga import qilgan mahsulotlar haqida ayrim raqamlar bor.
Masalan, 2025 yil iyun oyida “Premium Pro world” mas’uliyati çeklangan jamiyati Özbekistonga 500 dona ikkitalik Premium Pro atirlarini (kompaniya saytida hozirgi narxi 3 mln 125 ming söm) jami 4500 dollarga import qilgani qayd etilgan. Arifmetik hisob-kitob qilinsa bittasining narxi 9 dollarga töğri keladi.
Şuningdek, 2025 yil iyunda 500 dona uçtalik atir ham import qilingan. Uning jami narxi 7 ming dollar (donasining narxi 14 dollarga töğri keladi) sifatida körsatilgan. Ayni şu uçtalik atirni kompaniya tarmoqli marketing orqali 4 687 500 sömdan sotmoqda.
“Sizga oçiq aytaman, bizniki insof sayin baraka, deydi-ku, şunaqa. Misol uçun, şunaqa atirlar bor, 3 dollarga tayyor böladi, bozorga boring, 500 ming sömga sotilyapti. Men uning qayerdan çiqişini, neça sömga çiqişini bilaman.
Özimning atirim hozirgi keça-kunduzda öşa yerdagi zavodda 15-17 dollarga çiqadi. Bu hali soliq, bojxona va logistikasiz”, deydi Ikromjon Tojiddinov.
Yonğoqning şaqillaşiga işqibozmi?
Ikromjon Tojiddinovga köra, kompaniya özining tovar aylanmasidan 68 foizini mijozlariga, ya’ni mustaqil distribyutorga ajratar ekan. Kompaniya asosçisining ta’kidlaşiça, mahsulot narxining 30 foizi uning tannarxi hisoblanadi. Ya’ni atir narxining 30 foiz qismi uni işlab çiqarişdan to Özbekistondagi omborxonaga yetib kelişigaça bölgan xarajatlarga sarflanadi.
Şunda Birlaşgan Arab Amirliklaridan atir keltirib sotiş Ikromjon Tojiddinov uçun şunçaki hobbimi?
“Bizni aldaşdi”
Kun.uz’ga murojaat qilgan bir neçta yurtdoşimiz Premium Pröga aldanib, zarar körganini aytmoqda. Tahririyat ular bilan boğlandi. Murojaatçilarga köra, hatto uyini garovga qöyib, maşinasini sotib yoki kredit olib Premium Pröga pul tikkanlar bor. Va ular katta summaga aldanib qolişmoqda.
“2024 yil noyabr oyida a’zo bölganman. Faqat özing uçun bir marta atir olasan, ikki yaqin insoningni taklif qilasan, keyin evaziga sayohatlarga borasan, maşina, uy-joy uçun pullar ajratiladi, deya katta va’dalar berişgandi. Qiziqib, qöşimça iş ekan, deya a’zo bölganman.
Işni boşlagandan keyin pul kerak bölib, öşa sayohatlarimiz pulini olaylik desak könişmadi. Atir kelmayapti, buyurtma qilingan pullarni qaytaringlar desak, qaytara olmaymiz, onlayn “zakaz” qilingan, iloji yöq, dedi. Lekin mahsulot buyurtma qilinganiga 5-6 oy bölib ketdi-da. Keça Ikromjon Tojiddinovga borib uçraşsak, agar biror negativ fikr tarqatadigan bölsanglar yuristim şuğullanadi, özlaringni jarimaga tortadi, deb qörqitişga ötib oldi.
Men ikkita hamkor qilganman, hamma öz ikkiligini yaratib ketavergan, 25-30 odam bor. 7-8 ming dollarlik atir buyurtma qilingan.
Bir dona atirni 100 dollarga xarid qilganmiz, registratsiyasi bilan 1 mln 430 ming böladi deb tuşuntirişgan. Kiçik xaridlarga 10, 300 dollarlik paketlarga 45 dollar a’zolik badali olingan.
Aldanganlar juda köp: uyini garovga qöyib, maşinasini sotib, pulini tikib yuborganlar bor. Masalan, xolamning qizi Tracker maşinasini sotib, pulini tikkan”, deydi kasbi öqituvçi bölgan murojaatçi.
Yana bir murojaatçi esa oddiy uy bekasi ekanini, turmuş örtoği poyabzal tuzatiş bilan şuğullanişini, farzandlari bilan ijarada yaşaşlarini, daromad köraman deb Premium Pröga a’zo bölganini hamda 30 mln sömga çuv tuşganini ma’lum qildi. Qöşimça qilişiça, u Qarşi şahrida kompaniyaning Marziya ismli vakiliga naqd pul körinişida ham tölov qilgan. Biroq buyurtma qilingan atirlar kelmagan.
Bundan körinadiki, odamlar katta va’dalarga işonib, bir-birlarini uşbu girdobga tortib ketmoqda.
Qonunçilikda talablar bor
Özbekistonda tarmoqli marketing faoliyati mumkin, biroq ayrim talablar bor.
Vazirlar Mahkamasi qarorida tarmoqli marketing tuşunçasi tarmoqli taşkilot tomonidan mustaqil tarqatadigan sotuvçi agentlar taşkil etilişiga asoslangan tovarlarni çakana sotiş turi sifatida qayd etilgan.
Qarorga köra, tarmoqli taşkilot tomonidan tovarlarni sotuvçi agentlar orqali sotiş ular örtasida tuziladigan şartnoma asosida naqd bölmagan hisob-kitob böyiça amalga oşiriladi.
Sotuvçi agentlar turğun savdo şoxobçalaridan taşqarida uyga buyurtmalar qabul qiliş, muassasalar, taşkilotlar, korxonalarda, transport yoki köçada savdo qiliş orqali potensial xaridorlar bilan işlaydilar. Ular iste’molçilarga tovarlarni zörlab tiqiştirmasliklari kerak.
Sotuvçi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qiliş asosida xaridorlarning tovarning u yoki bu turini xarid qilişi uçun qabul qilinadi. Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylaştiriladi. Blankada buyurtmaning tartib raqami, sotuvçi agentning ismi, sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, sotib olinadigan tovarga haq tölaş usuli kabi ma’lumotlar körsatiladi.
Buyurtma blankasining birinçi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinçi nusxasi sotuvçi agentda saqlanadi.
Sotuvçi agent tovarlarni taklif qilişda ularni işlab çiqaruvçilar, kelib çiqiş mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir çeklaşlar bor-yöqligi va bölişi mumkin bölgan qöşimça tölovlar töğrisidagi ma’lumotlarni potensial xaridorga töliq ma’lum qilişga majbur. Xorijiy tijorat taşkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qöşimçalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yöli bilan sotuvçi agentlar orqali sotiş taqiqlanadi.
Sotuvçi agentlarning iste’molçilardan tölovlarni qabul qilişi faqat fiskal xotiraga ega bölgan nazorat-kassa maşinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa maşinalari yoki virtual kassalardan va tölov terminallaridan foydalangan holda turğun savdo şoxobçalarida amalga oşiriladi.
Tarmoqli marketingni amalga oşirişda şartnoma tuziş uçun sotuvçi agent sotib olişi kerak bölgan tovarlarning minimal miqdorini belgilaşga, tölovni a’zolik badali şaklida undirişga, eng muhimi, şartnoma tuzilgandan keyin sotuvçi agent tomonidan boşqa sotuvçi agentlarni jalb etiş töğrisida talab belgilanişiga yöl qöyilmaydi.
Biroq na Premium Pro kompaniyasi, na Özbekistonda tarmoqli marketing bilan şuğullanayotgan boşqa kompaniyalar uşbu talablarning köpiga amal qilmaydi.
Davrga mos huquqiy asoslar kerak
Tarmoqli marketing va moliyaviy piramidani ajratib turuvçi asosiy jihat tarmoqli marketingda mahsulotning borligi. Biroq keyingi vaqtlarda nomigagina mahsulot tayyorlab, tarmoqli marketingni moliyaviy piramidaga uyğunlaştirib yuboriş holatlari uçramoqda.
Premium Pro kompaniyasida ham moliyaviy piramidaga uyğunlaşgan nuqtalar bor. Masalan, sotuvçi agentning bonuslari boşqa şaxslarning u orqali atir xarid qiliş samaradorligiga boğlangan. Ya’ni, daromad köriş uçun ikkinçi bir odamni xaridga undaş zarurati bor: tarmoqli marketing içidagi kiçik piramidada pastdagilar tepadagilar uçun tölov qiladi. Tizim yaşab turişi uçun doim yangi odam puli kerak. Demak daromad tovardan emas, odamdan kelyapti. Sxema esa odamlar pulini töplaşga qaratilgan. Ayni şu nuqtada moliyaviy piramida boşlanadi.
Özbekistonda tarmoqli marketing tobora palak yozib bormoqda. Hatto “unaqa kasalga da’vo böladi, bunaqa kasallikni tuzatib yuboradi”, degan turli aldovlar bilan tarkibi aniq bölmagan mahsulotlar ham öta qimmat narxlarda ötkazilmoqda. Dardman odamlar yoki ularning yaqinlari esa ne-ne umidda bu mahsulotlarni xarid qilişyapti. Bu tarmoqli marketing tuşunçasi, uşbu sotuv tizimi böyiça davrga mos huquqiy asoslar işlab çiqiş zarurati borligini körsatadi.