Kiberfiribgarlar uçun “qaynoq bozor” bölib qolayotgan Özbekistonda Befree nomi ostidagi moliyaviy piramida işlab kelayotgani ma’lum böldi. U odamlarga kraudfanding loyiha sifatida taniştirilmoqda. Befree’da bir neça oyda dollarda millionerga aylaniş va’da qilinyapti. Tegişli organlar har doimgi kabi “burni ostida” röy berayotgan moliyaviy piramida tarğibotini körmagan.

Kraudfanding nima?

Kraudfanding – moliyaviy savodxonligi yetarli bölmaganlar uçun biroz tuşunarsiz söz. Şu sababli Befree ortida turganlar undan ustomonlik bilan foydalanişga harakat qilmoqda.

Kraudfanding jamoaviy pul töplaş, xalq tomonidan moliyalaştiriş degani. Ya’ni köp odamdan kam-kam mablağ yiğib, biror loyihani amalga oşiriş.

Masalan, Ali biror qiziq yoki muhim loyihani amalga oşirmoqçi. Lekin bunga mablaği yetarli emas. U ğoyasini kraudfanding platformasida e’lon qiladi va moddiy yordam söraydi. Uşbu loyihaga qiziqqan foydalanuvçilar unga mablağ ötkazadi. Ali yetarli mablağ töplanganidan söng loyihasini amalga oşirişga kirişadi.

Bunda loyihaga pul tikkanlarga biror daromad va’da qilinmaydi yoki foyda kafolatlanmaydi. Sababi — kraudfanding platformalarda asosan xayriya yordami körsatiş, ijtimoiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş nazarda tutiladi.

Niqob

Befree moliyaviy piramidasi esa özini aynan kraudfanding platformasi sifatida taniştirib, odamlarni çuv tuşirişga harakat qilmoqda.

Befree Özbekistonda Telegram’dagi bir neçta yopiq guruhlarda tarğib qilib kelingan. Şulardan biri “Omadli milliarderlar” guruhi. Uni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi Umid Abrorov yuritgan.

Guruhda har kuni videoçat körinişida tuşuntiriş işlari olib borilgan va bir neça oyda milliarder böliş haqida va’dalar berilgan.