Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil qurilish ishlarining asosiy ulushi bino-inshootlar qurilishiga to‘g‘ri kelgan
2025 yilda O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng katta ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalish umumiy qurilish ishlarining 69,7 foizini tashkil etib, hajmi 218,7 trln so‘mga yetgan. Bu mamlakatda turar joy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va infratuzilma obektlari qurilishiga bo‘lgan talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, fuqarolik obektlari qurilishi hajmi 64,9 trln so‘m, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 30,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bino va inshootlar qurilishi ulushining yuqori bo‘lishi shaharsozlik, infratuzilmani yangilash, aholini turar joy bilan ta’minlash hamda iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsiya loyihalarining faol amalga oshirilayotgani bilan izohlanadi.
Mavzuga oid
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
15:44 / 25.06.2026