26 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida quriliş materiallari tarmoğida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Investitsiya forumi yakunlari

Davlat rahbari asosiy masalaga ötişdan avval ötgan haftadagi beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga töxtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelişuvga erişilganini ta’kidladi.

"Har bir kelişuv loyihaga, iş örniga, yuqori qöşilgan qiymatga aylanişi şart", – dedi prezidentimiz.

Mutasaddilarga xorijiy investorlar kötargan 120 ta taklifning yeçimi böyiça qaror kiritiş topşirildi.

Törtta taşkilot quriliş materiallari sohasida “aql markazi” böladi

Hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantiriş, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erişişini aniq hisob-kitob qilişi kerakligi qayd etildi.

Buning uçun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi.

Misol uçun, quriliş materiallari tarmoğiga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molçilar huquqlari markazi hamda Materialşunoslik instituti va Toşkent arxitektura-quriliş universiteti biriktirildi.

Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplaş uçun qaysi tumanda nima loyiha qiliş, qanday texnologiyadan foydalaniş, qaysi yönalişlarda kadr tayyorlaş kerakligini tahlil qiladi.

Barça tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini şu yondaşuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot ösişiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlaş topşirildi.

Sohada erişilgan yutuqlar

Bundan 10 yil oldin mahalliy quriliş materiallari deganda qum-şağal, ğişt, sement, oyna va şifer tuşunilar edi. Bu nari borsa qurilişda işlatiladigan jami materiallarning 35-40 foizini taşkil qilgan.