Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
Kim Gon Xi siyosiy moyillik evaziga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy olganlikda aybdor deb topildi va 1 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi.
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi, sobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiyada aybdor deb topildi.
The Korea Times xabariga ko‘ra, sud uni «Birlashtirish cherkovi» vakillaridan siyosiy moyillik evaziga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy olganlikda aybdor deb topdi va 1 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi, Kim xonimning advokatlari shikoyat berishi mumkin.
Shuningdek, sud uni jarimaga tortdi va noqonuniy olingan qimmatbaho buyumlarini musodara qildi.
Shu bilan birga, Kim xonim dalillar yetishmasligi bois aksiyalar bilan manipulyatsiya va siyosiy moliyalashtirish qonunining buzilishi kabi ayblovlar bo‘yicha oqlandi.
Kim 2025 yil avgust oyida hibsga olindi. Bunda uning «Birlashtirish cherkovi»dan olgan olmos taqinchog‘i asosiy rol o‘ynadi. Kim birinchi xonim maqomi tufayli «ayblovlar yomg‘iriga qaramay» 5 yil davomida javobgarlikdan qochib kelgan.
Kim va uning turmush o‘rtog‘i Yun Sok Yol keng qamrovli siyosiy va jinoiy jarayon doirasida hamon tergov qilinmoqda.
Yun Sok Yolning o‘zi 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etishga urinish bilan bog‘liq ayblovlardan biri bo‘yicha allaqachon 5 yillik qamoq jazosini olgan va boshqa jiddiyroq ishlar bo‘yicha hukmni kutmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
10:39 / 27.06.2026
Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan
19:03 / 24.06.2026
O‘z ishlayotgan tashkilotdagi korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi
18:43 / 24.06.2026