Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronni ogohlantirdi: «Vaqt tugab bormoqda»
Oq uy rahbari Erondan muzokaralar stoliga o‘tirib, yadroviy kelishuvni imzolashni talab qildi. Aks holda «ulkan armada tez, katta kuch, g‘ayrat va qat’iyat bilan» Eron tomon harakatlanayotganini aytdi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy dastur kelishuvi bo‘yicha muzokaralar uchun «vaqt tugab borayotgani» haqida ogohlantirdi. Bayonot Fors ko‘rfazida AQSh qurolli kuchlarining to‘xtovsiz ko‘payib borayotgani zamirida yangradi.
Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqdagi xabarida «ulkan armada tez, katta kuch, g‘ayrat va qat’iyat bilan» Eron tomon harakatlanayotganini aytdi.
«Umid qilamanki, Eron tezda muzokaralar stoliga o‘tiradi va adolatli va teng huquqli bitim tuzadi - YaDRO QUROLISIZ», deb yozdi Tramp.
Eron o‘zining yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadida ekanini ta’kidlab keladi va yadroviy qurol ishlab chiqish niyati borligini ko‘p marta rad etgan.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Fors ko‘rfazidagi harbiy-dengiz kuchlari Amerika qo‘shinlari Nikolas Maduroni qo‘lga olishdan oldin Venesuelaga yuborilganidan ko‘proq.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, bu kuchlar «o‘z missiyasini tezda, kerak bo‘lsa, kuch bilan bajarishga tayyor, buni xohlaydi va bunga qodir».
Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi harbiy tahdid orqali diplomatiya yuritish samarali yoki foydali bo‘lishi mumkin emasligini aytgan edi.
«Agar ular muzokaralar aniq shaklga ega bo‘lishini istasa, ular, albatta tahdidlar, ortiqcha talablar va mantiqsiz savollarni ko‘tarishdan voz kechishi kerak», dedi Aroqchi.
Eron yadroviy kelishuvi – Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (JCPOA) bo‘lib, 2015 yilda Eron va P5+1 mamlakatlari guruhi (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) tomonidan Yevropa Ittifoqi vositachiligida imzolangan. Bitimning maqsadi - xalqaro sanksiyalarni bekor qilish evaziga Eron yadroviy dasturining faqat tinchlik xarakterini kafolatlash.
2018 yilda Donald Tramp ma’muriyati davrida AQSh kelishuvdan bir tomonlama chiqib, u Eronning raketa dasturi va uning mintaqadagi ta’sirini hisobga olmasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Vashington Eronga qarshi qat’iy iqtisodiy sanksiyalarni qayta tikladi.
Rasmiy ravishda JCPOA hamon mavjud, ammo amalda kelishuv to‘liq hajmda ishlamaydi. Uni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘zgaruvchan muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda va Eron yadroviy dasturi mavzusi muntazam ravishda xalqaro kun tartibiga qaytmoqda.
2025 yil yozida AQSh harbiy-havo kuchlari ittifoqchilar bilan birgalikda Eron yadroviy dasturining uchta asosiy obekti - Natanz, Fordo va Isfahondagi obektlarga yirik zarbalar berdi. Bunga javoban Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi harbiy bazasiga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Keyinchalik vaziyat barqarorlashib, kuch ishlatish to‘xtatildi. Ammo vaziyat murakkabligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
23:55 / 28.01.2026
Tramp oldida ojiz Amerika
20:09 / 28.01.2026
WSJ: Xitoy armiyasining eng yuqori martabali generali AQShga yadroviy sirlarni sizdirishda ayblanmoqda
15:09 / 28.01.2026
AQShdagi qor bo‘roni: o‘nlab qurbonlar, bekor qilingan minglab aviareyslar va o‘zgarayotgan prognozlar
14:42 / 28.01.2026