Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi boshlandi
Davlat rahbari va rafiqasini Anqara aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib oldi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga bordi.
«Esenbog‘a» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib oldi.


Ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


29 yanvar kuni Anqaradagi Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.
Anqara shahridagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar joy majmuasining ochilishi va Istanbulda o‘zbek maktabining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:06 / 20.02.2026
Orolbo‘yi va Ustyurt platosida Mars sayyorasi manzarasini eslatuvchi nuqtalarda glemping zonalari tashkil etiladi
08:47 / 20.02.2026
Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
06:00 / 19.02.2026