Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya rasman YeIning “pul yuvishga qarshi” ro‘yxatiga kiritildi
Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasini pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar “qora ro‘yxati”ga kiritish haqidagi qarori kuchga kirdi. Bu ro‘yxatga avvaldan KXDR, Afg‘oniston, Eron va boshqa davlatlar kiritilgan.
Yevropa Ittifoqining Rossiyani pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar “qora ro‘yxati”ga kiritish to‘g‘risidagi qarori kuchga kirdi. Bu haqdagi bildirishnoma 29 yanvar, payshanba kuni YeI rasmiy jurnalida e’lon qilindi. Qarorning o‘zi esa Yevrokomissiya tomonidan 2025 yil 3 dekabrda qabul qilingan edi. U Yevroparlament yoki YeI kengashi tomonidan bekor qilinmagani uchun kuchga kirdi.
YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bu chora Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishini qiyinlashtirishi kerakligini bildirdi. “Menimcha, Rossiyaga bosim o‘tkazib, uni haqiqiy muzokaralarga majburlashning har qanday yo‘li maqbul”, — dedi u.
Rossiya bilan bog‘liq operatsiyalarga Yevropa ro‘yxatiga kiritish avtomatik tarzda taqiq qo‘yishga olib kelmaydi. Amalda bu shunga teng bo‘ladiki, bunday barcha moliyaviy oqimlar butun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab kuchaytirilgan monitoringdan o‘tadi — banklar, sug‘urta kompaniyalari, riyeltorlar va boshqa vositachilar tomonidan. Ekspertlar ogohlantirishicha, bu eng avvalo YeIda yashaydigan va Yevropa Ittifoqining moliya tizimidan tez-tez foydalanadigan rossiyaliklarga kuchliroq ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassislar YeIga kirishga uringan rossiyaliklar uchun ham muammolar yuzaga kelishi ehtimolini istisno qilmaydi.
Avvalgi yillarda YeI bu masalada pul yuvishga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish guruhi — FATF (Financial Action Task Force) ro‘yxatlariga tayangan edi. 2023 yilda FATF Rossiyaning a’zoligini to‘xtatgan, ammo ayrim davlatlar, jumladan Xitoy, Hindiston va Saudiya Arabistoni e’tirozlari sababli uni “kulrang” yoki “qora” ro‘yxatlarga kiritmagan.
Yevropa Ittifoqida esa 2026 yildan boshlab o‘zining pul yuvishga qarshi agentligi — Anti-Money Laundering Authority (AMLA) ish boshladi va endi u FATF amalga oshira olmagan ishni qilmoqda. Rossiya Yevropa ro‘yxatidagi 30-davlatga aylandi — KXDR, Afg‘oniston, Eron, Yaman, Suriya va boshqa davlatlar qatorida.
Mavzuga oid
09:41
YeIda Ukraina urushi qatnashchilariga vizani cheklash masalasi ko‘rilmoqda
20:03 / 29.01.2026
Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi, buning sabablari aytildi
16:21 / 29.01.2026
“O‘lib ketmaslik uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
15:13 / 29.01.2026