Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qildi
AQShning Yaqin Sharqdagi markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron qurolli kuchlarini xavfli manyovrlar qilmaslik haqida ogohlantirdi.
Foto: Mehr News Agency
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida ikki kunlik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar berdi Al Jazeera telekanali.
Xabarga ko‘ra, harbiy mashg‘ulotlarda jangovar o‘q otishlar amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotlarda mamlakatning qaysi kuch va vositalari ishtirok etishi ma’lum qilinmagan.
AQShning Yaqin Sharqdagi markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron qurolli kuchlarini xavfli manyovrlar qilmaslik haqida ogohlantirdi.
"CENTCOM Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini e’lon qilingan harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini xalqaro dengiz makonidagi kemalarning erkin harakatlanishiga xavf solmagan holda o‘tkazishga chaqiradi", - deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, "Amerika qo‘shinlari, mintaqaviy hamkorlar yoki tijorat kemalari yaqinidagi xavfli va noprofessional harakatlar to‘qnashuv, eskalatsiya yoki beqarorlik xavfini kuchaytiradi".
CNN nashrining Oq uyga yaqin manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga zarba berish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy variantlar orasida hukumat va kuchishlatar tuzilmalarning namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlarini o‘ldirish, shuningdek, yadroviy obektlar hamda davlat muassasalari binolariga zarbalar berish bor.
Mavzuga oid
22:11 / 22.02.2026
Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi reja tayyorlamoqda
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
14:43 / 22.02.2026
Ko‘pchilik Eronga zarbani kutmoqda: ehtimoliy urush qanday kechishi mumkin?
13:10 / 21.02.2026