Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jibek Joly turistik poyezdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni yagona yo‘nalishda bog‘laydi
2026 yil 20–25 mart kunlari Jibek Joly xalqaro turistik poyezdi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni Buyuk Ipak yo‘li manzillari bo‘ylab madaniy-ma’rifiy sayohat doirasida birlashtiradi.
Ostonadan kelgan xabarlarga ko‘ra, shu yilning 20–25 mart kunlari Jibek Joly xalqaro turistik poyezdi Markaziy Osiyoning uch davlati — Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yagona madaniy-ma’rifiy yo‘nalishni amalga oshiradi. Bu haqda «Dunyo» AA Liter.kz nashriga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sayohat marshruti Buyuk Ipak yo‘lining muhim manzillari bo‘ylab o‘tadi. Yangilangan yo‘nalish Olmaota – Turkiston – Samarqand – Dushanbe – Toshkent – Olmaota shaharlarini qamrab oladi. Bu galgi sayohatga Dushanbe shahrining qo‘shilgani marshrutni yanada kengaytirgani ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, turistik paket qiymatiga poyezdda harakatlanish, professional gidlar hamrohligidagi ekskursiya dasturlari, tarixiy obidalarga kirish chiptalari hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etiladigan barcha transferlar kiritilgan. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo xalqlarining bahoriy bayram an’analari, milliy marosimlar, an’anaviy musiqa va urf-odatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tashabbus mintaqaviy turizmni rivojlantirish, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoning yagona turistik makon sifatidagi jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026