Jamiyat | 16:27
1773
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri vafot etdi

Janabay Shilmanov 1991–2002 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.

Foto: IIV

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”, 2-darajali “Mehnat faxriysi”, iste’fodagi general-mayor Janabay Palimovich Shilmanov 86 yoshida vafot etdi.

Janabay Shilmanov 1940 yil 16 noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 1962–1965 yillarda Tinch okeani harbiy-dengiz floti safida instruktor sifatida boshlagan. Keyinchalik Davlat xavfsizlik qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

1987 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 1991–2002 yillarda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Janabay Shilmanov ichki ishlar general-mayori harbiy unvoni, 2-darajali «Shon-sharaf» ordeni hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2002 yildan nafaqaga chiqqan J.Shilmanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida qo‘mita raisi, shuningdek Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid