Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro tomonidan qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinayotganligi, tabiatga 38,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumanida o‘tkazilgan reyd davomida mazkur tumanda yashovchi fuqaro tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonun talablariga zid ravishda belgilanmagan joydan tuproq qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro tomonidan qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinayotganligi, tabiatga 38,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumani sudiga yuborildi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026