Sport | 20:54 / 10.07.2023
17474
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Xitoyda o‘tadi 

Xarbin shahri 2025 yil o‘tkaziladigan IX qishki Osiyo o‘yinlari mezbonligini qo‘lga kiritdi. 

Foto: Pixabay

Bangkokda o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasida Osiyo miqyosida o‘tkaziladigan bir qator yirik musobaqalar bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari 2024 yil fevral-mart oylariga qoldirildi. 

Xitoyning Xarbin shahri 2025 yil o‘tkaziladigan IX qishki Osiyo o‘yinlari mezbonligini qo‘lga kiritdi. 

2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlariga Saudiya Arabistonining Trojyena shahri mezbonlik qiladi. Ushbu shahar hozir yangidan qurilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid