Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazib, 2025 yil yakunlari hamda 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalarni muhokama qildi.
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Vazir Baxtiyor Saidov ma’lum qilishicha, muloqot davomida O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining o‘tgan yildagi natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar turli yo‘nalishlarda kuzatilayotgan ijobiy dinamikani qayd etgan.
Xususan, uchrashuvda 2025 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 11 foizga o‘sgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, 2026 yil uchun rejalashtirilayotgan ishlar, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar hamda hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, joriy yil kun tartibi boy bo‘lib, u qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tomonlar mazkur uchrashuvlar va muloqotlar doirasida kelishilgan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish muhimligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026