Rossiya “barça jihatlarda” butun Yevropa va ayrim Yevropa mamlakatlariga, xususan Germaniyaga qarşi gibrid uruş olib bormoqda. Bu bayonotni MSC 2026 raisi vazifasini bajaruvçi Volfgang Işinger duşanba, 9 fevral kuni DW’ga bergan intervyusida bildirgan. U bu fikrni amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn işida ehtimoliy “Rossiya izi” haqidagi savolga izoh berar ekan aytgan. Epşteyn voyaga yetmaganlarni zörlaş va fohişalikka majburlaşda aybdor deb topilgan.
“Bizda qotilliklar bölgan, kiberhujumlar bölgan. Har xil tarğibot faoliyati bölgan. Boşqaça aytganda, Rossiya ğarbda qaror qabul qiluvçi siyosatçilar va jamoatçilikka ta’sir ötkaziş uçun istalgan yölni izlaşi hayratlanarli emas. Epşteyn işida Rossiya izi bormi? Bilmayman, lekin şunday deyman: agar bu iz borligi ma’lum bölib qolsa, bu meni hayron qoldirmaydi”, — degan sobiq diplomat.
Rossiya tomonidan harbiy tahdiddan xavotirlanayotgan NATO davlatlarining xavfsizligini ta’minlaşga Germaniya qanday hissa qöşa olişi mumkinligi haqida gapirar ekan, Işinger Germaniya Ikkinçi jahon uruşidan beri ilk bor qöşni davlat — Litva hududida bundesverning butun bir brigadasini joylaştirganini eslatgan.
"Bu katta mablağ talab qiladi. Va mening bilişimça, litvaliklar özlarining harbiy ‘umurtqa poğonasi’ kuçayganidan juda mamnun. Litvadek kiçik mamlakat uçun butun bir brigada — bu arzimas narsa emas, — deb ta’kidlagan u. — NATOni oldingi front çiziğida turgan davlatlarni qanday mustahkamlaşi mumkinligi haqida öylab körişga çaqiraman. Litva — şulardan biri. Ammo Polşa ham bor, Estoniya bor, Latviya bor, boşqalar ham bor, Finlandiya ham bor".
Biz oldingi çiziqda turgan davlatlarni xuddi şu tarzda kuçaytirişga hissa qöşa olamizmi — ya’ni, sovuq uruş davrida Germaniyani himoya qilişga yordam bergan amerikaliklar, britaniyaliklar, fransuzlar, belgiyaliklarning askarlari hamda köp miqdorda tanklar va samolyotlar hozir bölgani kabi? Aslida şunday bölişi kerak”.
“Biz tuşunişimiz kerak: vazifamiz faqat Germaniya çegaralarini himoya qiliş emas, vazifamiz — Yevropa Ittifoqini yaxlit holda himoya qiliş”, — deb qöşimça qilgan u.
Transatlantik munosabatlar yomonlaşgani haqidagi savolga javob berar ekan, Işinger “işonç, aftidan, çayqaldi”, deya qayd etgan. “Grenlandiyani eslang. Yaqindagi boşqa masalalarni ham eslang”, — degan u.
Şu munosabat bilan u Yevropa AQŞ talabini qanday bajara olişi — ya’ni, öz mudofaasini köproq öz qöliga olişi haqida öylab köriş zarurligini aytgan. “Biz bu talabga javob berişimiz va özimizga biroz köproq işonadigan bölişimiz kerak”, — deb hisoblaydi Işinger. Şu bilan birga, u bunday jarayonga köp oy, ehtimol yillar ham ketişi mumkinligini tan olgan.














