Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdi, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
19:57 / 30.05.2026