Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakat miqyosida xalqaro akkreditatsiyadan ötgan birinçi davlat davolaş muassasasi hisoblanadi. Ta’kidlanişiça, bu yerda joriy etilgan xalqaro standartlar, raqamli boşqaruv, sun’iy intellekt asosidagi diagnostika va moliyaviy şaffoflik tizimi onalar ölimini 30 foizgaça kamaytirişga xizmat qilgan. Kun.uz muxbiri muassasada bölib, ginekologiya, akuşerlik, tuğuruq, neonatologiya, skrining, diagnostika, ilmiy öquv bölimlari faoliyati bilan tanişdi.

2023 yil kuzida Prezident qarori asosida respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Reproduktiv salomatlik markazi hamda Ona va bola skriningi markazi negizida yangi tuzilma – Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi taşkil etilgan edi. Oradan ikki yil ötib, şifoxona ISQUA (International Society for Quality in Health Care) tomonidan akkreditatsiya qilingan va 2025 yilda qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötgan birinçi davlat tibbiyot muassasasiga aylandi.

Markaz bugungi kunda ayollar, homiladorlar, tuğuruqdagi ayollar, yangi tuğilgan çaqaloqlar va bolalarga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatuvçi yirik kompleks sifatida faoliyat yuritmoqda. Tuzilma tarkibida ilmiy-maslahat ambulatoriya klinikasi hamda umumiy siğimi 240 örinli statsionar bölim faoliyat yuritadi. Ularning 160 örni 24 soatlik statsionar yordam uçun möljallangan.

“Yangi markazning 14 ta hududiy filiali viloyat perinatal markazlari, reproduktiv salomatlik markazlari va ona-bola skriningi markazlari negizida şakllantirilgan. Muassasada akuşerlik va ginekologiya, reproduktiv tibbiyot, onkoginekologiya, endokrinologiya, kardiologiya, nevrologiya, yuqumli kasalliklar, urologiya, andrologiya, nefrologiya, gematologiya va pediatriya, jumladan, neonatal patologiya va intensiv terapiya yönalişlarida multidissiplinar yordam körsatiladi”, – deydi markaz direktori Natalya Nadirxanova.

Qayd etilişiça, sönggi ön yilliklarda mamlakatda onalar va bolalar ölimi körsatkiçlari sezilarli darajada kamaygan. 1991 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda onalar ölimi qariyb 4,5 barobarga pasaygan. Bu natijalar davlat dasturlari, profilaktika çoralarini kuçaytiriş va tibbiy xizmat sifatini oşiriş bilan izohlanmoqda.

“Markazda bolani dunyoga keltiriş jarayoni hamkorlik asosida ötkaziladi. Ona xohlasa, yaqin insonini tuğuruqqa olib kirişi mumkin, bu esa psixologik qöllab-quvvatlaşga yordam beradi. Xonalarda özgartiriladigan krovatlar mavjud bölib, onalar turiş, yotiş yoki turli pozitsiyalarni tanlaş imkoniga ega. Epidural yordam orqali tuğuruq paytida oğriq kamaytiriladi va ayol jarayonni nisbatan oğriqsiz ötkazadi. Tuğuruqdan söng çaqaloq onadan ajratilmay, uning yonida qoldiriladi. Bu ona va bola orasidagi emotsional boğlanişni mustahkamlaydi va erta emizişni ta’minlaydi. Xonalar şuningdek, favqulodda vaziyatlarda har soniya muhimligi inobatga olinib, sekundomerli soatlar bilan jihozlangan. Bu şifokorlarga çaqaloq va onaning ahvolini aniqroq kuzatişga kömaklaşadi va xavfli vaziyatlarda tezkor çoralar körişga şaroit hozirlaydi”, – deydi Natalya Nadirxanova.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yil davomida Respublika markazi va sakkizta hududiy filial xalqaro akkreditatsiyadan ötgan. Yana uçta filial 2026 yilda sertifikat olişni rejalaştirmoqda. Markaz mamlakatda xalqaro akkreditatsiyani keng kölamda joriy etgan birinçi davlat tibbiyot muassasasi ekani ta’kidlandi.

“Akkreditatsiya jarayoni oddiy tekşiruv emas. Xalqaro ekspertlar markaz faoliyatini podvaldan tomgaça örganadi: qabul bölimidagi jarayondan tortib reanimatsiya, palatalar, dorixona tizimi, xavfsizlik protokollari va menejmentgaça hammasi nazoratdan ötadi”, – deydi menejment böyiça direktor muovini Ayubxon Qayumov.

Markazda oğir ahvoldagi bemorlar birinçi navbatda qabul qilinadi. Ular darhol reanimatsiyaga yönaltiriladi, bu “Qizil yölak” tizimi orqali amalga oşiriladi. Favqulodda, şoşilinç bölmagan, reja asosida qabul qilinişi belgilangan bemorlar esa “yaşil” va “sariq” yölaklar orqali körikka olib kiriladi.

“Favqulodda vaziyatlar, masalan, anafilaktik şok yoki kuçli qon ketiş paytida zarur sanalgan barça kerakli jihozlar tayyor holatda saqlanadi. Negaki, har bir soniya bemorning hayotini asrab qolişda muhim. Bundan taşqari, bemorlarga holatining xavf darajasiga qarab rangli brosletlar beriladi. Tasmalar yordamida allergiya mavjudligi, yiqiliş xavfi yoki ahvol öta oğirligini biliş mumkin. Bu tizim xodimlarga har bir bemorga individual va ehtiyotkor tarzda yondaşiş lozimligini eslatib turadi, xavfsizlik hamda tezkor yordamni ta’minlaydi”, – deydi menejment böyiça direktor muovini Ayubxon Qayumov.

Markazda barça tölovlar töğridan töğri bank kassalari orqali amalga oşiriladi. Şifokorlar pul bilan işlamaydi. Bu tizim 14 ta filialda ham joriy etilgan.

“Mazkur yondaşuv natijasida ayrim filiallarda tuşum 30-50 barobargaça oşdi, yaşirin tölovlar bartaraf etildi. Qöşimça mablağlar zamonaviy uskunalar, öqitiş va şaroitlarni yaxşilaşga yönaltirildi”, – deydi Ayubxon Qayumov.

Muassasada kadrlar salohiyatini oşiriş ham ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Şu vaqtgaça BAA, Italiya, Rossiya, AQŞ va Tailanddan jalb etilgan xalqaro hamkorlar iştirokida 200 dan ortiq menejer va mutaxassis öqitilgan. Markazda menejment markazi taşkil etilgan bölib, 100 dan ortiq boşqaruv xodimlari xalqaro mutaxassislar iştirokida malaka oşirgan.

Markaz faoliyati haqida batafsil Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tanişişingiz mumkin.