Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyot markazi barpo etadi
O‘zbekiston elchixonasi va Hindiston Global savdo va texnologiya kengashi (Global Trade & Technology Council of India - GTTCI) tomonidan investitsiyalar, tibbiyot, farmatsevtika va ta’lim sohalaridagi o‘zaro munosabatlarga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi.
Xalqaro tadbirda Hindistonning 100 dan ziyod kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
GTTCI raisi Rashmi Saluja Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Hindiston delegatsiyasining IV Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi ishtiroki doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda investitsiyaviy faoliyat yuritish, qo‘shma korxonalar barpo etish, uchinchi mamlakatlarga mahsulotlar va xizmatlar eksport qilish amaliyoti bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan jozibador muhitga urg‘u berildi.
Anjuman ishtirokchilari e’tibori tibbiyot, farmatsevtika va ta’lim yo‘nalishlarida olib borilayotgan sheriklik munosabatlariga qaratildi. Xususan, O‘zbekistonda tashkil etilgan maxsus farmatsevtika erkin iqtisodiy hududlari, davlat rahbari tashabbusi ijrosi doirasida Andijon viloyatida Hindiston bilan birgalikda tibbiyot ta’limini rivojlantirish uchun barpo qilingan maxsus hudud ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi va istiqbolli imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi.
Elchixona tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, chet el kompaniyalarning investitsiyaviy faoliyati uchun taqdim etilayotgan qulay muhit va sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar tizimi haqida so‘zlab berildi.
Xalqaro forumda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi yangi loyihalar taqdim etildi. Xususan, Qo‘qon universitetining Andijon filiali, GTTCI va Hindistonning yetakchi tibbiy klinikalaridan biri – Sir Ganga Ram shifoxonasi hamkorligida hind yoshlarining O‘zbekistonda tibbiy ta’lim olishga yo‘naltirish va zamonaviy ko‘p qirrali ixtisoslashgan tibbiyot markazini barpo qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqidagi ma’lumot anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu loyiha doirasida joriy yil Andijonga hindistonlik ming nafarga yaqin yigit-qizlarni jalb qilish hamda yaqin kelajakda Sir Ganga Ram shifoxonasining zamonaviy majmuasini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Qo‘qon universiteti va GTTCI hamda GTTCI va Sir Ganga Ram shifoxonasi o‘rtasida tegishli memorandumlar imzolangan. Shuningdek, joriy yil iyul oyida Hindiston shifoxonasi delegatsiyasi Qo‘qon va Andijon shaharlarida bo‘lib, bo‘lajak tibbiyot markazi barpo etiladigan hududlar bilan yaqindan tanishdi va dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazdi.
Mavzuga oid
00:05 / 21.06.2026
Raqobat qo‘mitasi 8 ta ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026