Soğliqni saqlaş böyiça yiğilişda Respublika onkologiya markazidagi boşqaruv özgarişi va xorij tajribasini keng joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Yaqinda markaz rahbari lavozimidan ozod etildi, örniga Turkiyada malakaga ega boşqaruvçi tayinlandi. Şu bilan birga, Fransiyaning jahonda tan olingan Gustav Roussy klinikasi hamkor sifatida jalb etildi, ularning klinik protokollarini milliy amaliyotga bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş rejalaştirilgan.

Prezident markazlar faoliyati yuzasidan qat’iy pozitsiyani bildirdi:

«Barça markaz rahbarlari eşitib olsin: markazlar şaxsiy mulk emas, ularning barçasi davlatniki, xalqniki! Har bir markaz rahbari xulosa çiqarib, öziga bir yillik katta reja olişi kerak. Ular uç oyda xorijdan hamkor topib, özi özgariş qiladi yoki bu işni ularsiz qilamiz».

Yiğilişda sohadagi boşqa tizimli muammolar ham kötarildi. Viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari va oilaviy poliklinika mudirlarida eskiça yondaşuv saqlanayotgani, hududlarga katta mehnat bilan yetkazilgan qimmatbaho uskunalar töliq quvvatda işlamasa-da, ba’zilari hanuz qadoğidan çiqarilmagani tanqid qilindi.

Aniq misollar keltirildi: Gurlan tumani şifoxonasiga 300 ming dollarga olingan MSKT apparati atigi 9 foiz yuklamada işlayapti. Navoiy viloyat şoşilinç markazida taxminan 1 mln dollarlik angiograf ham bor-yöği 4 foiz quvvat bilan faoliyat körsatmoqda. Mutasaddilarga xususiy klinikalar tajribasini örganib, yuqori texnologiyali uskunalardan samarali foydalanişni yölga qöyiş vazifasi qöyildi.