Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud apparatida komplayens nazorat tizimi joriy etilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining yillik axboroti bilan tanishar ekan, sud apparati xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida komplayens nazorat tizimini joriy etish tashabbusi ilgari surildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, kengash raisi odil sudlovga to‘sqinlik qilayotgan omillar va sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurash holati to‘g‘risida prezidentga yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etadi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilda “favqulodda holat” e’lon qilingan sharoitda sudlar davlat hokimiyatining alohida bo‘g‘ini sifatida namuna bo‘lishi lozim. Shu bois, sud tizimida shaffoflikni oshirish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama qilindi.

Jumladan:
- sud apparati xodimlari o‘rtasida korrupsiya xavflarini aniqlash va bartaraf etish uchun komplayens nazorat tizimini joriy etish;
- sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilish tartibini yo‘lga qo‘yish;
- sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishning ochiq va shaffof tartibini yaratish;
- sudyalarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashning xolis mexanizmini shakllantirish maqsadida Sudyalar intizomiy hay’atini tashkil etish kabi takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlash, ularni o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etish maqsadida “sud ma’murchiligi” institutini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilishi ma’lum qilindi.
Yakunda prezident sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Mavzuga oid
14:16
Ohangaronda mis quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13:34
Ohangaronda mikroprotsessor, SIM va to‘lov kartalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
12:55
Prezident Ohangaronda yuqori kuchlanishli kabel korxonasi bilan tanishdi
11:38