Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondagi «Tinchlik kengashi»ning birinchi sammitida nutq so‘zladi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash, tinchlikni mustahkamlash yo‘lida tashkil qilingan ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston ham bunga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Falastinning G‘azo sektorida uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktablar va shifoxonalarni qurishda baholi qudrat yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
Ushbu bayonot 19 fevral kuni Vashingtonda «Tinchlik kengashi» birinchi sammitida yangradi.
«O‘zbekiston «Tinchlik kengashi»ni tashkil qilish bo‘yicha tinchlikparvar tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga tayyorligini qat’iy e’lon qildi. Ishonchim komil, kengash ishi G‘azo sektorining iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishi uchun ijobiy sharoit yaratadi. Tashqi boshqaruv bo‘yicha har qanday mexanizm sektor aholisining ichki qo‘llab-quvvatloviga tayanishi kerak. Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan harakatlari mojarodan keyingi tiklanish jarayonining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi va G‘azoning tezkor tiklanishi uchun sharoit yaratadi. Ta’kidlayman, O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktablar va shifoxonalarni barpo qilishga baholi qudrat yordam ko‘rsatishga tayyor», dedi davlat rahbari.
«Ushbu yig‘ilish Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash, tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi xalqaro birdamlikning yorqin ko‘rinishidir. Biz bu tarixiy imkoniyatdan yangi, iqtisodiyoti gullab-yashnayotgan va aholisi munosib yashaydigan yangi G‘azoni barpo qilish uchun foydalanishimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi prezident.
Vashingtondagi «Tinchlik kengashi» sammiti AQSh prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tmoqda. Unda 20 dan ortiq davlatdan delegatsiyalar qatnashyapti.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
16:28 / 19.02.2026