Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi
AQSh Davlat departamenti noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashgan, deb topilgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza cheklovlari qo‘llanganini ma’lum qildi. Cheklovlar, xususan, turistik vizalarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan ikki o‘zbek kompaniyasining rahbarlariga taalluqli ekani qayd etilgan.
Ma’lumotda aytilishicha, mazkur shaxslar AQShga noqonuniy kirish niyatida bo‘lgan xorijliklarga (safar xizmatlari orqali) atayin yordam ko‘rsatgan. Kompaniyalar nomlari ochiqlanmagan.
Shuningdek, tekshiruvlar davomida ushbu tuzilmalar vakillari xorijliklarni, jumladan voyaga yetmaganlarni ham, O‘zbekiston aeroportlari va chegaralari orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalariga yetkazishni muvofiqlashtirgani haqida xulosalar keltirilgan. Keyinchalik ularning ko‘pchiligi AQShga noqonuniy kirishga urinish paytida ushlangani aytilmoqda.
Bu qaror O‘zbekiston fuqarolariga ommaviy tarzda viza berish to‘xtatildi degani emas — cheklovlar rasmiy bayonotlarda ayrim shaxslarga nisbatan qo‘llanayotgani sifatida talqin qilingan.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026