Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axios: Tramp hali qaror qilmagan, ammo Eronga nisbatan harbiy variantlar taqdim etilgan
Tramp ma’muriyati Eronning atom bombasi yaratish yo‘li to‘liq to‘silsa, Tehronga “ramziy” darajada yadroviy boyitish imkoniyatini saqlab qolishga ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda AQShning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri Axios nashriga aytgan.
Foto: Carlos Barria/POOL/AFP via Getty
Nashr yozishicha, kelishuv uchun kichik imkoniyat mavjud bo‘lsa-da, AQSh amaldorlari Eron yaqin kunlarda taqdim etishi kutilgan taklif Tramp ma’muriyati va Yaqin Sharqdagi doiralarni ishontirish uchun juda yuqori talablarga javob berishi kerakligini ta’kidlamoqda.
«Prezident Tramp mazmunli va ichki siyosatda himoya qila oladigan kelishuvni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Agar eronliklar hujumning oldini olmoqchi bo‘lsa, bizga rad etib bo‘lmaydigan taklif berishi kerak. Ular imkoniyatni qo‘ldan chiqarishda davom etmoqda. Agar o‘yin qilsa, sabr ko‘pga cho‘zilmaydi», — dedi yuqori lavozimli amerikalik amaldor.
Hisobotda keltirilishicha, Trampning yana bir katta maslahatchisi prezident hali zarba berish haqida qaror qabul qilmaganini ta’kidlagan.
«Biz hali zarba bermaganimizdan bilib turibsiz. Balki u hech qachon bunday qaror qabul qilmas. Yoki ertaga uyg‘onib, “bo‘ldi” deyishi mumkin», — degan u.
Maslahatchining aytishicha, Trampga Eron bo‘yicha turli harbiy ssenariylar taqdim etilgan.
«Har qanday holat uchun variantlar bor. Ayrim ssenariylar oliy rahbarni, uning o‘g‘lini va ruhoniy rahbariyatni yo‘q qilishni nazarda tutadi», — deya izoh bergan u. «Prezident nimani tanlaydi — hech kim bilmaydi. Menimcha, u o‘zi ham bilmaydi».
Yana bir maslahatchi esa shunday degan: «Tramp barcha variantlarni ochiq qoldirmoqda. U istalgan paytda hujum haqida qaror qabul qilishi mumkin».
Mavzuga oid
09:10
Tramp «barcha mamlakatlar uchun» 10 foizlik boj to‘lovi haqida farmonni imzoladi
08:59
Kanada va AQSh hokkey jamoalari Olimpiada finalida o‘ynaydi
08:38
Tramp barcha importga yangi bojlar joriy etilishini e’lon qildi
21:58 / 20.02.2026