Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan suhbatlashdi
Telefon orqali muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan.
Foto: X / mofa_afg
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, suhbat davomida ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan.
“Xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor sohalarda amaliy sa’y-harakatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdik. Shuningdek, barqarorlik, izchil taraqqiyot va o‘zaro farovonlik asosida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik”, ”, deb yozdi Saidov.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026