Texnologiya | 21:32 / 21.02.2026
7035
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy fazogirlari orbitada pomidordan hosil olishdi

“Issiqxona” 2025 yil iyulda “Tyanchjou-9” yuk kemasida kosmik stansiyaga olib chiqilgan. Olimlar uning yordamida mikrogravitatsiya sharoitida o‘simliklarni samarali yetishtirishning asosiy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni ko‘zda tutishgan.

Foto: Xinhua

Xitoyning “Shenchjou-21” kosmik missiyasi ekipaji “Tyangun” stansiyasi bortida pomidordan mo‘l hosil oldi, deb xabar berdi Xinhua agentligi.

Pomidor yetishtirish uchun aeropon tizim Xitoyning kosmonavtlar tayyorlash va o‘qitish markazining tadqiqotchilar guruhi tomonidan yaratildi. Unda maxsus ishlab chiqilgan LED yoritish spektri qo‘llaniladi. Shuningdek, qurilma suvni mayda tomchi ko‘rinishida sepadi, bu esa suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi.

“Kosmik issiqxona” 2025 yil iyulda “Tyanchjou-9” yuk kemasida kosmik stansiyaga olib chiqilgan. Olimlar uning yordamida mikrogravitatsiya sharoitida o‘simliklarni samarali yetishtirishning asosiy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni ko‘zda tutishgan.

Kelgusida “Tyangun” “kosmik dalasi”da bug‘doy, sabzi va dorivor o‘simliklarni aeropon usulda yetishtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu tariqa orbital muhitda yetishtirilishi mumkin bo‘lgan ekin turlari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid