Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Hozirda yo‘lovchilarning aksariyati Istanbul orqali tranzit reyslardan foydalanmoqda, bu esa yo‘nalishning raqobatbardoshligini pasaytirmoqda.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston diplomatlari Vatslav Gavel nomidagi Praga xalqaro aeroportining yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Martin Tatek bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida sayyohlar va ishbilarmonlar oqimini kengaytirish, aviatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda yo‘lovchilarning aksariyati Istanbul orqali tranzit reyslardan foydalanmoqda, bu esa yo‘nalishning raqobatbardoshligini pasaytirmoqda. Praga - Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari turoperatorlar va individual sayyohlarga sayohatlarni oldindan rejalashtirish, turistik paketlarni shakllantirish va samarali marketingni amalga oshirish imkonini beradi.
Chexiya tomoni “Uzbekistan Airways”ni salohiyatli asosiy hamkor sifatida qayd etdi. Parvozlarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilish uchun mart oyi boshida Praga aeroporti, milliy aviakompaniya va manfaatdor xususiy tashuvchilar ishtirokida qo‘shimcha onlayn uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda muntazam aviaqatnovlarni tashkil etishni rag‘batlantirish choralari va shartlari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
07:41
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
16:04 / 21.02.2026
Toshkentda xavfli retsidivist erkak hindistonlik sayyohning pulini tortib oldi
10:06 / 18.02.2026