Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston - O‘zbekiston unining asosiy xaridori
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston 5 ta xorijiy davlatga qiymati 441,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,6 mln tonna bug‘doy uni eksport qilgan. Ushbu eksportda Afg‘oniston asosiy xaridor sifatida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, 2025 yilda bug‘doy uni eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 473,3 ming tonnaga, ya’ni 42,3 foizga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan 2025 yilda bug‘doy uni yetkazib berilgan davlatlar va hajmlar quyidagicha:
Afg‘oniston — 1 590 193 tonna;
Tojikiston — 607 tonna;
Qirg‘iziston — 356,4 tonna;
Turkmaniston — 174 tonna;
Qozog‘iston — 29,7 tonna.
Shu tariqa, umumiy eksportning deyarli barchasi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026