Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yo‘l infratuzilmasini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi
Surxondaryo viloyatidagi eng og‘riqli masalalardan biri yo‘l va transport infratuzilmasi ekani ta’kidlandi. Yig‘ilishda Boysun–Denov yo‘lini sement-beton qoplamaga o‘tkazish, Afg‘oniston va Tojikistonga olib chiquvchi magistralni ta’mirlash hamda tezyurar poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yishga doir qator vazifalar belgilandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan 183 million dollar hisobidan Boysun va Denovni bog‘lovchi yo‘lning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga o‘tkazish loyihasi boshlangan. Ushbu yo‘l ishga tushirilsa, yuk tashish hajmi 2 barobar oshishi, tashish vaqti esa 3 soatdan 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l 30 yildan buyon kapital ta’mirlanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirildi.
Temiryo‘l yo‘nalishida esa Toshkent–Termiz yo‘lovchi poyezdi 14 soatdan ortiq vaqt harakatlanishi ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlarni olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shu munosabat bilan “Toshg‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on” uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash, 103 kilometrli “Qumqo‘rg‘on–Quduqli” temiryo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:27
Surxondaryo turizmi yillik 1 mlrd dollarlik tushum berishi mumkin
13:17
Surxondaryoda yo‘l infratuzilmasini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi
12:55
Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi
12:44