Ma’lum qilindiki, joriy yil Ispaniyaning Almeriya hududi tajribasi asosida 1 ming gektarda quyoşda isitiladigan issiqxonalar taşkil qilinadi. Bunday issiqxona quradigan tadbirkorlarga yer maydonlari 5 yilga bepul ijaraga beriladi, yer osti suvidan foydalangani uçun tölovdan esa 3 yil muddatga ozod qilinadi.
Şuningdek, Surxondaryoda töliq işga solinmagan katta imkoniyat — yaylov yerlari ekani ta’kidlandi. Xususan, Boysun tumanida 197 ming gektar yaylov mavjud. Agar Darband daryosidagi nasoslar tiklanib, suv çiqarilsa, 10 ming gektar yaylovni foydalanişga kiritiş, şundan 1,5 ming gektarida kartoşka, qolgan qismida esa ozuqabop ekin ekiş imkoni borligi aytildi.
Qayd etilişiça, zaxiradagi yaylov yerlarini özlaştiriş uçun auksiondagi boşlanğiç narx normativ qiymatning 1 foizi miqdorida belgilanadi. Yerni auksion orqali olgan tadbirkorlarga 10 yilga, 4 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit ajratilişi belgilandi. Har 10 gektar maydonga suv olib keliş uçun esa 120 million sömgaça subsidiya beriladi.
Uşbu çoralar orqali uç yillik dastur doirasida 58 ming gektar yaylovni aylanmaga kiritiş va bu yerlarda 300 ming boş qöy-eçki boqişni yölga qöyiş topşirildi.












