Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
Vazirlar muloqotlar davomida Afg‘oniston – Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildilar.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida Afg‘oniston – Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashdik hamda vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi.
“Barqarorlikni ta’minlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita bo‘lib qolishi zarurligini tasdiqladik”, deb ma’lum qildi Saidov o‘z telegram-kanalida.
Saidov shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali o‘tkazgan muloqotida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
“Mavjud qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro ishonch hamda izchil muloqotning ahamiyati zarurligini alohida qayd etdik”, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
26 fevral kuni Afg‘oniston va Pokiston bir-biriga zarbalar bergan, O‘zbekiston ularni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026