Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolibjon Saidov yangi lavozimidan ozod etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining sobiq boshlig‘i Tolibjon Saidov tantanali tarzda pensiyaga kuzatilganidan 4 kun o‘tib, bojxona tizimida boshqa bir katta lavozimga tayinlangan edi. Kun.uz bu haqda xabar berganidan bir necha soat o‘tib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisining bugun, 28 fevral kuni imzolagan buyruq bilan, “Bojxona-servis” davlat muassasasi direktori Saidov Tolibjon Bahodirovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bu buyruqning qabul qilinishi – Kun.uz Saidovning tayinlovi haqida xabar berishidan bir necha soat o‘tib ro‘y bermoqda.
Avvalgi xabarda qayd etilganidek, Tolibjon Saidov – davlat rahbarining yosh kadrlar korpusini shakllantirish haqidagi topshirig‘idan keyin pensiyaga kuzatilgan bojxonachilardan biri.
U 5 yildan ko‘proq vaqt davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, joriy yil 14 fevral kuni bojxona sohasida uzoq yil ishlagan bir guruh mansabdorlar qatorida tantanali tarzda pensiyaga kuzatib qo‘yilgan edi. Lekin oradan 4 kun o‘tib, 18 fevral kuni “Bojxona-servis” DM direktori etib tayinlangan.
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
15:27 / 20.05.2026
Soliqchilarga to‘lanadigan ustamalar oshirildi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026