Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
Pokiston armiyasi 182ta blokpostni yo‘q qilgan, yana 31ta blokpost pokistonliklar nazoratiga o‘tgan.
Foto: AP
Afg‘onistonning Pokiston kuchlari bilan to‘qnashuvlar davomida halok bo‘lgan harbiylari soni kamida 415 nafarni tashkil etdi, 580 nafar harbiyi yaralandi. Bu haqda Pokiston axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Attoullo Tarar o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatning 46ta obektiga zarbalar berilgan.
Pokiston armiyasi 182ta blokpostni yo‘q qilgan, yana 31ta blokpost pokistonliklar nazoratiga o‘tgan.
Bundan tashqari, Pokiston qurolli kuchlari 185 dona zirhli texnikani yo‘q qilgan.
26 fevral kuni Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonning chegara hududlarida harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Vazirlik harbiy operatsiya Pokistonning harakatlariga javob ekanini bildirdi. 21 fevral kuni Pokiston qurolli kuchlari Nangarhor va Paktiya viloyatlarida «terrorchilarning yettita lageriga» aviazarbalar berganini ma’lum qilgan edi.
Pokiston 27 fevral kuni Afg‘onistonning bir nechta shaharlariga, jumladan mamlakat poytaxti Kobulga aviahujumlar uyushtirdi. Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Osif X ijtimoiy tarmog‘ida bir necha oy davom etgan qurolli to‘qnashuvlardan keyin qo‘shni ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik «ochiq urush»ga aylanganini bildirdi.
Mavzuga oid
13:25
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
09:10
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
11:28 / 24.03.2026
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
18:39 / 20.03.2026