Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi.
“Qatar davlati bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdik.
Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
Qatar bilan birdamligimizni bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy hamdardligini yetkazdik.
Suverenitet, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik tamoyillariga qat’iy rioya qilish muhimligini ta’kidladik”, deb yozdi Saidov.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Kuvayt tashqi ishlar vaziri shayx Jarroh As-Saboh, O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy hamda Iordaniya bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan ham telefon orqali muloqot qilganini bildirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, muloqot davomida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi, barqarorlik hamda xavfsizlikka ta’siri yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
09:38 / 07.04.2026
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
09:31 / 03.04.2026
FT: Fors ko‘rfazi davlatlari neft quvurlari qurmoqchi
18:55 / 26.03.2026
Toshkent-Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
16:52 / 26.03.2026