«Dunyo» axborot agentligi xabar qilişiça, Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi vakillari mazkur davlat taşqi işlar vaziri örinbosari Tahani an-Nosir bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqot çoğida Özbekiston va Kuvayt örtasida huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, jinoiy, fuqarolik va tijorat işlari böyiça özaro şeriklik aloqalarini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, tomonlar havo qatnovi, «aqlli» şaharlar, soğliqni saqlaş, savdo, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş hamda erişilgan kelişuvlarni amaliy bosqiçga olib çiqiş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda Özbekiston fuqarolari uçun Kuvaytga safar qiliş bilan boğliq viza tartibini soddalaştiriş masalasi ham alohida körib çiqildi. Bu yönalişda viza talablarini takomillaştiriş maqsadida manfaatdor idoralar örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş zarurligi qayd etildi.

Suhbat yakunida tomonlar huquqiy sohadagi özaro manfaatli şeriklikni yanada rivojlantirişga qaratilgan taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.