Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron armiyasi boshlig‘i va mudofaa vaziri halok bo‘ldi
Isroil armiyasi Eronning yuqori martabali harbiylarining «ko‘pchiligi» o‘ldirilganini e’lon qildi.
Eron qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, general-leytenant Abdulrahim Musaviy shanba kungi zarbalar oqibatida halok bo‘lgan. U mamlakat qurolli kuchlarini o‘zidan oldingi boshliq o‘tgan yil yozidagi 12 kunlik urush vaqtida halok bo‘lganidan buyon boshqarib kelayotgandi.
Tasnim davlat axborot agentligi mamlakat mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Muhammad Pokpur va mudofaa kengashi kotibi Ali Shamhoniy ham halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Isroil mudofaa kuchlari esa 1 mart kuni Isroil zarbalari oqibatida 40 nafar eronlik qo‘mondon, jumladan, Eron armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Abdulrahim Musaviy halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.
«Preventiv operatsiya boshlanishi bilan Isroil harbiy-havo kuchlari 40 nafar yuqori martabali qo‘mondonni yo‘q qildi – bu Isroil mudofaa armiyasining razvedka ma’lumotlari tufayli amalga oshirilgan tarixiy zarbadir», – deyiladi TSAHAL bayonotida.
Qayd etilishicha, Isroil qiruvchi samolyotlari Tehronning bir necha nuqtasida yo‘llangan zarbalar orqali Eron xavfsizlik oliy rahbariyatining yetti nafar a’zosini o‘ldirgan. TSAHAL «Eron rahbariyatining yuqori martabali harbiy amaldorlarining aksariyati» o‘ldirilganini da’vo qilmoqda. «Ular birinchi zarba paytida - bir daqiqa ichida» o‘ldirildi, deya ma’lum qilgan Isroil mudofaa kuchlari.
Eron rasmiylari Isroilning zarbalari oqibatida qancha harbiy halok bo‘lganini hozircha ma’lum qilmagan.
Mavzuga oid
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52 / 21.03.2026
AQSh admirali: Eronda 8 mingdan ortiq nishonga zarba berdik
19:54 / 21.03.2026