Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda Eron zarbasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
AQSh harbiy xizmatchilari orasida ham yo‘qotishlar bor.
Isroilda Eron raketa zarbasi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralandi. Bu haqda The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketa Quddus yaqinidagi Beyt-Shemesh shahriga qulagan. Buning oqibatida turar joy binosi vayron bo‘lgan va yong‘in chiqqan.
«Yediot Axronot» xabariga ko‘ra, sinagog atrofidagi bombapanagoh zarba ostida qolgan.

Jarohatlanganlardan uch nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Pentagon esa Eronga qarshi harbiy harakatlar chog‘ida amerikalik uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, yana besh nafari og‘ir yaralangani haqida xabar berdi.
Yana bir necha harbiy xizmatchi oskolkadan yengil yaralangan va kontuziya bo‘lgan.
Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari hududida ham dastlabki qurbonlar bor. Mamlakat mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eron bilan urushi boshlanganidan buyon o‘z hududida uch kishi halok bo‘lib, 60 ga yaqin kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Eronning 167 ta raketasi va 541 ta droni mamlakat havo kengliklariga kirgan.
Mavzuga oid
09:01
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
16:05 / 10.04.2026