Qamaşi tumanida sodir bölgan fojia bir oilani farzand doğida qoldirdi. Endigina uç yoşga tölgan Madina Zayniddinova ertalab öynab-kulib boğçaga ketgandi. Oqşomga yaqin uning jonsiz tanasi onasiga topşirildi: Qizaloq boğçaga taşiydigan avtomaşina içida unutib qoldirilgan va soatlar davomida yopiq salonda qolib ketgan. U havo yetişmasligi va issiq urişi oqibatida vafot etgan.
Madina Zayniddinova tumandagi yakka tartibdagi tadbirkor Abdurahmon Oçilovga tegişli oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçisi bölgan.
Fotima Musulmonovaga köra, 4 iyun kuni ertalab qizini boğça uçun xizmat qiluvçi KIA Carnival rusumli avtomaşina olib ketgan. Transport vositasida haydovçi Aziz Oçilov va tarbiyaçi Nodira Jörayeva bölgan.
Qizaloq har kuni uşbu tartibda boğçaga olib borilgan va keçqurun yana uyiga qaytarilgan.
Fotima Musulmonovaning aytişiça, soat 17:00 lardan keyin qizining kelmagani unda xavotir uyğotgan.
«Qöşnimizning bolalari kelgan, lekin mening qizim yöq edi. Boğçadagilarga qönğiroq qila boşladim, telefonni kötarişmadi. Keyin bilsam, qizim allaqaçon şifoxonaga olib ketilgan ekan», deydi u.
Ma’lum bölişiça, qizaloq boğçaga olib kelinganidan keyin avtomaşina içida qolib ketgan. Bolalar tuşirilgandan keyin transport vositasi taşqi tomondan qulflangan va boğça hovlisida qoldirilgan. Şu tariqa qizaloq bir neça soat davomida yopiq salonda qolib ketgan.
Otasi Doston Amonovga köra, voqeadan keyin ayrim qöşni bolalar boğçada hodisaning oqibatlariga guvoh bölgan.
Bolalar avtomaşina oynasi sindirilgani, qizaloqni çiqarib olişga urinişgani va kattalarning sarosimaga tuşganini gapirib berişgan.
Ota hodisaga aloqasi bölgan barça şaxslarga nisbatan qonuniy çora körilişini söramoqda.
«Boşqa insonlar ham bizdek kuyib qolmasin. Holat böyiça adolatli qaror çiqarilişini istaymiz», deydi u.
Qaşqadaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi mazkur holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.
Boşqarma ma’lumotiga köra, yakka tartibdagi tadbirkor Abdurahmon Oçilovga tegişli oilaviy nodavlat ta’lim taşkiloti bilan tuzilgan bitim 10 iyun kuni bekor qilingan.
Ayni vaqtda mazkur muassasa faoliyati töxtatilgan.
Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, Qamaşi tumanida 2023 yilda tuğilgan qizçaning vafoti bilan boğliq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida 2026 yil 5 iyun kuni gumonlanuvçi sifatida avtotransport haydovçisi protsessual tartibda uşlangan. Ayni vaqtda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot örnida aytiş lozim, Qaşqadaryoda xususiy boğçalar bilan boğliq bolalar ölimi holati avval ham kuzatilgandi. Xususan, 2025 yil iyun oyida Koson tumanidagi xususiy boğçada 2,5 yoşli Zarina Izzatillayeva vafot etgandi. Qizaloqning yaqinlari bola avtomaşina içida qolib ketib, dimlaniş oqibatida vafot etganini bildirgan va öşanda ham boğça faoliyati töxtatilgandi.
Bir-biriga öxşaş ikki fojia orasida bir yil ham ötmadi. Bu holat xususiy maktabgaça ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligi, ularni taşiş tartibi va nazorat mexanizmlari qay darajada işlayotgani haqida jiddiy savollarni yana kun tartibiga olib çiqmoqda.








