Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayning ikki aeroporti dushanba kuni kechqurun cheklangan rejimda ish boshlaydi
Aniqlik kiritilishicha, Emirates va flydubai aviakompaniyalari cheklangan miqdordagi reyslarni amalga oshiradi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubay shahrining ikkita aeroporti 2 mart kuni kechqurun o‘z ishini boshlaydi, ammo kam sonli reyslarga xizmat ko‘rsatiladi, deb xabar berdi amirlik hukumati matbuot xizmati.
«2 mart kuni kechqurun Dubay aeroportlari faoliyati cheklangan rejimda tiklanadi. Xalqaro aeroport (DXB) va Al-Maktum aeroportidan (DWC) kam sonli reyslar uchun ruxsat berildi», deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, Emirates va flydubai aviakompaniyalari cheklangan miqdordagi reyslarni amalga oshiradi.
«Biletlarni oldindan band qilgan yo‘lovchilarga ustunlik beriladi. Ushbu reyslarga qayta band qilganlar bilan aviakompaniya bevosita bog‘lanadi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sayohatchilar o‘z reysi holatini aviakompaniyalardan bilib olishi va parvoz vaqtini tasdiqlamasdan aeroportga chiqmasligi kerak.
Dubay aeroportlari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Eronning havo zarbalari sababli yopilgan edi. Oqibatda minglab sayyohlar BAA hududini tark etolmasdan qolib ketdi.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
14:06 / 25.05.2026