Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA prezidenti mamlakat «urush holatida» ekanini ma’lum qildi
Davlat rahbari BAA fuqarolari o‘z burchini munosib bajarayotganini, mamlakatda yashovchi xorijliklar esa «mehmonlar va yaqinlar» ekanini, davlat ularni himoya qilishga majburligini ta’kidladi.
Birlashgan Arab Amirliklari «urush holatida», dedi mamlakat prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nahayon Eron hujumlaridan jabr ko‘rgan hududlarga tashrifi chog‘ida bergan intervyusida.
«Biz urush holatidamiz va men ularga o‘z burchimizni bajarishga va’da beraman, chunki biz yaqinlarimizni va mamlakatimizni himoya qilishga majburmiz», dedi u.
Davlat rahbari BAA fuqarolari o‘z burchini munosib bajarayotganini, mamlakatda yashovchi xorijliklar esa «mehmonlar va yaqinlar» ekanini, davlat ularni himoya qilishga majburligini ta’kidladi.
«BAA terisi qalin va go‘shti esa achchiq - biz oson o‘lja emasmiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Yaqin Sharqda mojaro keskinlashganidan buyon BAA doimiy ravishda Eron tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Jumladan, 7 mart kuni Dubay xalqaro aeroporti hududiga dron qulashi kuzatildi.
Mavzuga oid
21:41 / 07.07.2026
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
08:33 / 02.07.2026