Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixiy missiya: astronavtlar rekord masofaga uchib borishdi, Oyni aylanib o‘tishdi va narigi tomondan surat olishdi
Ular bir necha kundan keyin uyga qaytishadi.
«Artemida II» missiyasi o‘z dasturidagi asosiy bandni muvaffaqiyatli bajardi va Oy atrofida parvoz qildi. Yerning tabiiy yo‘ldoshini aylanib o‘tish uchun «Orion» kemasiga yetti soat kerak bo‘ldi. Kema Oyning orqa tomonida ekanida u bilan aloqa uzilgandi va astronavtlar shu vaqt oralig‘ida olingan suratlarni keyinroq ko‘rsatishni va’da qilishgan. «Meduza» missiyaning bu bosqichi qanday o‘tgani haqida qisqacha hikoya qildi.
NASA / AFP / Scanpix / LETA
7 aprelga o‘tar kechasi bortida AQShdan uch astronavt Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kox hamda kanadalik Jyeremi Hansen bo‘lgan «Orion» kemasi reja bo‘yicha Oyga 6 ming kilometr masofada yaqinlashdi va Yer tabiiy yo‘ldoshining atrofida aylanib uchdi. Kema Oyning orqa tomoniga o‘tganida taxminan 40 daqiqa davomida u bilan aloqa bo‘lmagan.
NASA / Xinhua / Scanpix / LETA
CNN qayd etishicha, bu kema ekipajining Yerdan aloqasi uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng uzoq muddat bo‘ldi. «Artemida II» missiyasi Yerdan 252 756 mil (406 771 kilometr) masofaga uzoqlashgan holda yana bir rekordni o‘rnatdi. Bundan oldingi rekord – 248 655 mil – «Apollon 13»ga tegishli edi va 1970 yildan buyon saqlanib qolayotgandi.
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Oy atrofini aylanib uchayotganida astronavtlar uning yuzasiga urilgan meteoroidlarning kamida olti bor chaqnashiga guvoh bo‘lishgan, shuningdek kema turgan nuqtadan turib quyoshning to‘liq tutilishini kuzatishgan hamda quyosh tojini tasvirga olishgan.
NASA / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
«Orion» bilan aloqa reja bo‘yicha tiklangan. BBC’ning yozishicha, dastlab radiosignal qaytgan, keyin esa ma’lumotlarning katta paketi kelgan, shundan keyin Kristina Koxning tiniq ovozi eshitilgan: «Hyuston, „Integriti“, aloqa tekshiruvi. Yerni yana eshitish juda ajoyib».
NASA / AFP / Getty Images
Shundan keyin ko‘p o‘tmay AQSh prezidenti Donald Tramp astronavtlarga qo‘ng‘iroq qilgan. «Bugun siz tarixga kirdingiz va butun Amerikani chinakamiga faxrlanishga va mag‘rurlanishga majbur qildingiz, – degan u. – So‘nggi paytlarda bizda faxrlanish uchun sabablar ko‘p bo‘lmoqda, ammo yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida ilk bor Oyga yetib borib, uni aylanib chiqib, Yerdan uzoq ketish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatganingiz kabi boshqa ish bo‘lgani yo‘q». Tramp «Orion» ekipaji a’zolarini Yerga qaytgandan keyin Oq uyga kelishga taklif qilgan. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u astronavtlardan avtograflar olmoqchi.
NASA / Reuters / Scanpix / LETA
Missiyaning muhim bosqichini amalga oshirgach, astronavtlar Yerga qaytishni boshladi. Buning uchun to‘rt kunga yaqin vaqt ketadi. Kema Vashington vaqti bilan 10 aprel kuni (Osiyoda 11 aprelga o‘tar kechasi) Tinch okeaniga yetib kelishi ko‘zda tutilgan.
NASA / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
NASA / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Christinne Muschi / The Canadian Press / ZUMA Press / Scanpix / LETA