Jahon | 23:12 / 06.04.2026
2683
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Oyning orqa tomonini ko‘rsatdi

Artemis II ekipaji Oyning orqa tomonidagi Oriyental havzasini to‘liq ko‘rgan birinchi odamlar bo‘ldi.

Foto: NASA

NASA Oyning orqa tomoni tasvirlangan ta’sirli surat bilan o‘rtoqlashdi. Suratni Yer tabiiy yo‘ldoshi atrofida parvoz qilayotgan Artemis II missiyasi astronavtlari olgan.

Fotosuratning o‘ng tomonida Oyning biz Yerdan ko‘radigan qismi tasvirlangan. Chap tomonda esa Oy orqa tomonining bir qismi.

«Yerga ko‘rinadigan tomonni yuzani qoplagan qora dog‘lardan bilish mumkin, ular Oyning vulqon faol bo‘lgan tarixining avvalida vujudga kelgan. Lava oqimlaridan g‘arbda joylashgan katta krater – Oriyental havzasi bo‘lib, kengligi deyarli 600 mil (taxminan 965 km), u Oyning ham ko‘rinadigan, ham orqa tomonini qamrab oladi. Artemis II ekipaji Oriyental havzasini to‘liq ko‘rgan birinchi odamlardir», deyiladi xabarda.

NASA xabariga ko‘ra, kraterning chap tomonidagi hamma narsa Oyning orqa tomoni bo‘lib, biz uni Yerdan ko‘rmaymiz. Buning sababi shundaki, Oy o‘z o‘qi atrofida sayyoramiz atrofida aylanish tezligi bilan bir xil tezlikda aylanadi.

Aprel oyi boshida 54 yil ichida birinchi marta Yer orbitasidan tashqariga missiya uchirildi. Artemis II missiyasi Oyga yo‘l oldi. Rejaga ko‘ra, astronavtlar Yer tabiiy yo‘ldoshini aylanib chiqib, so‘ngra uyga qaytadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid