Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Tehrondagi neft omborlariga zarba berdi
Kuchli yong‘inlar tufayli kunduzi Tehron osmoni qora tusga kirgan.
Eron harbiylari 8 martga o‘tar kechasi Isroil bo‘ylab bir necha raketa uchirdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Bundan tashqari, Isroilga Livan hududidan dronlar hujumi ham kuzatilgan.

O‘z navbatida, isroillik harbiylar Tehron va uning atrofidagi yonilg‘i saqlash omborlari bo‘ylab zarbalar yo‘lladi, ushbu obektlar Eron qurolli kuchlari tomonidan foydalanilishi aytilgan.
Eron rasmiylariga ko‘ra, Isroil va AQSh jami bo‘lib beshta energetika obektini o‘qqa tutgan – to‘rtta neft bazasi va neft mahsulotlari tashish markazi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Tehron va atrofdagi hududlarda boshlangan yirik yong‘inlar videolari tarqalgan.
Eron poytaxtida yashovchilar BBC’ga tungi zarbalar tufayli erta tongda osmon qorong‘i tusga kirganini xabar qilib, bu holat aks etgan video va suratlarni yuborishgan.



Eron neft mahsulotlarini taqsimlash kompaniyasi bosh direktori tungi zarbalar oqibatida ushbu obektlarda ishlagan to‘rtta avtosisterna haydovchilari halok bo‘lganini aytdi. U «neft omborlarida yetarli miqdorda yonilg‘i borligi»ni ta’kidlab, odamlarni «zarurat bo‘lmasa» yonilg‘i quyish shoxobchalariga kelmay turishga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
00:14 / 29.06.2026