Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Yaqin Sharqdagi mojaroga aralashmasligi kerak – Hegset
Foto: Reuters
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Rossiya Amerika va Isroilning Eronga qarshi urushiga aralashmasligi kerakligini aytdi.
Bu haqda u prezident Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotidan bir kun o‘tib ma’lum qildi, deb yozdi New York Post.
«Men [suhbatda] ishtirok etmadim, lekin ishtirok etganlar bu Rossiya va Ukrainada tinchlikka erishish mumkinligini, shuningdek, ular bu mojaroga aralashmasligi kerakligini tasdiqlagan qat’iy suhbat bo‘lganini aytishdi», dedi Hegset.
Avvalroq, Tramp Putin Eron bilan urushni to‘xtatishda «foydali bo‘lishni istasa-da», unga «Ukrainadagi urushni to‘xtatish orqali ko‘proq foydali bo‘lishingiz mumkin», deganini aytgan edi.
Nashrning eslatishicha, Eron va Rossiya uzoq vaqtdan beri yaqin ittifoqchi bo‘lib kelmoqda. Tehron Moskvaga 2022 yilda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri «Shohid» dronlarini yetkazib bermoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 10.03.2026
Eron Milliy xavfsizlik kengashida Trampga o‘lim bilan tahdid qilindi
22:21 / 10.03.2026
Qozog‘iston urush tufayli ketgan rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
20:37 / 10.03.2026