Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Amerika razvedkasi Eronda rejim qulashi alomatlarini ko‘rmayapti
Majid Asgaripour/WANA (West Asia News Agency) via REUTERS
Eron rahbariyatining pozitsiyalarida sezilarli o‘zgarishlar yo‘q, u yaqin vaqtlar ichida qulash xavfi ostida emas. AQSh razvedkasi shunday xulosaga keldi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, «ko‘plab» razvedka hisobotlarida Eron rejimi «aholi ustidan nazoratni saqlab qolmoqda» degan xulosa mavjud.
Isroil rasmiylari ham yopiq uchrashuvlar chog‘ida urush Eronda hokimiyat almashinuviga olib kelishiga ishonch yo‘qligini tan olishgan.
Reuters suhbatdoshlaridan biri Erondagi hokimiyatni ag‘darish uchun quruqlik orqali amaliyot o‘tkazilishi talab etilishini aytgan.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eron bo‘ylab zarbalar berishni boshlagandi. Bunga javoban Tehron Isroilga hamda Vashingtonning Yaqin Sharqdagi bazalariga zarba berishga kirishdi. Isroilning 28 fevral kungi aviazarbalari oqibatida Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy halok bo‘lgan. Uning o‘rniga o‘g‘li Mujtaba Xominaiy mamlakatning yangi rahbariga aylangan.
The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z yordamchilari bilan muloqotda agar talablar bo‘yicha yon bermaydigan bo‘lsa, Mujtaba Xominaiy o‘ldirilishiga qarshi emasligini bildirgan. Trampning o‘zi Eron «so‘zsiz taslim bo‘lgach», mamlakatning yangi rahbarini tayinlashda ishtirok etishi kerakligini aytgan.