Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga to‘rt yilda Patriot uchun 600 ta raketa bergandi. Yaqin Sharqda bir haftada 800 ta shunday raketa ishlatildi
Ukraina Rossiyaga qarshi urush boshidan buyon AQShdan Patriot tizimlari uchun 600 ga yaqin raketa olgan, dedi The New York Times nashriga Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitro Litvin.
Shu bilan birga, Eronga qarshi urushning dastlabki besh kunida AQSh Patriot tizimi uchun mo‘ljallangan 800 ta raketa ishlatgan, deya yozadi NYT Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqining mudofaa masalalari bo‘yicha komissari Andryus Kubilisning baholariga tayanib – bu raketalar yordamida Eronning zarbdor dronlari, shuningdek, Isroilga va Amerikaning mintaqadagi bazalari tomon uchirilgan 500 dan ortiq ballistik raketalar urib tushirilgan.
Patriot tizimlari Ukraina mudofaasi uchun o‘ta muhim hisoblanadi – ular Rossiyaning Ukrainadagi energetika infratuzilmalari obektlari tomon uchirilayotgan ballistik raketalarni tutib qolishga qodir bo‘lgan kam sonli tizimlardan biri sanaladi.
Ukrainaning ixtisoslashgan nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevdagi mavjud Patriot qurilmalari hamda Rossiya raketa hujumlarining o‘rtacha chastotasidan kelib chiqib, Ukrainaga oyiga kamida 60 raketa kerak bo‘ladi, zarbalar intensiv tus oladigan davrda esa (masalan, qish oylarida) – oyiga 100–120 raketaga ehtiyoj seziladi.
Ukraina hukumati muntazam ravishda Patriot tizimlari uchun raketalar yetishmovchiligidan shikoyat qilib keladi. Fevral oyi boshida Rossiyaning kombinatsiyalashgan zarbalari kuchaygan vaqtda Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi rasmiysi Yuriy Ignat o‘q-dorilarning sarflanishi sur’ati hamkorlar tomonidan yordam kelish sur’atiga qaraganda tezroq ekani va «ayrim havo hujumidan mudofaa komplekslari ba’zida shunchaki bo‘sh turgani» haqida aytgandi.
Financial Times nashri yozishicha, yanvar oyida raketa taqchilligi shu darajaga yetganki, Patriot tizimlari Rossiya armiyasining Ukrainadagi elektr stansiyalar bo‘ylab hujumlariga reaksiya ko‘rsata olmagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 mart kuni ukrain mutaxassislari AQSh so‘roviga binoan Yaqin Sharqqa yo‘l olishini ma’lum qildi – ular Eron dronlariga qarshi Patriot raketalarini ishlatmagan holda kurashish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan.
Ukraina Rossiyaga qarshi urushning to‘rt yili mobaynida bunday dronlarni arzon texnologiyalar – zenit pulemyotlar, mobil o‘t ochish guruhlari va radioelektron kurash vositalari orqali urib tushirishni o‘rganib olgan.
Mavzuga oid
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026