Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi faqat AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilari uchun yopiq – Eron TIV
Abbos Aroqchining ta’kidlashicha, boshqa davlatlarning mintaqadagi kemalar xavfsizligiga oid xavotirlari Eron bilan bog‘liq emas.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiqligi, faqat AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilariga tegishli kemalar uchun cheklovlar mavjudligini ma’lum qildi.
"Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali ko‘plab tanker va kemalar o‘tmoqda, u faqat Amerika va Isroil kema va tankerlari uchun yopiq", — dedi Aroqchi MS Now telekanaliga bergan intervyusida.
U boshqa davlatlarning mintaqadagi kemalar xavfsizligiga oid xavotirlari Eron bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
"Aslida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq. U faqat dushmanlarimizning tanker va kemalari uchun yopiq. Bizga hujum qilayotganlar va ularning ittifoqchilari uchun. Qolganlar bemalol o‘tishlari mumkin", - dedi u.
Avvalroq Financial Times gazetasi Yevropaning bir necha mamlakatlari Tehron bilan o‘z kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishini kafolatlaydigan kelishuv tuzish yuzasidan dastlabki muzokaralar olib borayotgani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
08:59 / 10.07.2026